Jahon

Vashingtonda 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilindi

Tegishli deklaratsiya shahar meri Muriel Bouzer tomonidan imzolangan.

Vashingtonda 1-sentabr “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilindi

 

AQSh poytaxti Vashington meri Muriel Bouzer 1-sentabrni shaharda “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” sifatida e’lon qiluvchi maxsus deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

 

Hujjatda O‘zbekiston Mustaqilligi kunining ahamiyati, shuningdek, AQSh O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan davlatlardan biri ekani qayd etilgan.

 

Deklaratsiyada O‘zbekiston bu yil o‘z mustaqilligining 35 yilligini nishonlayotgani ta’kidlangan. 1-sentabr sanasi o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, erishgan yutuqlari va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini e’tirof etish kuni sifatida qayd etilgan.

 

Vashington meri AQShdagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi bilan hamkorlik aloqalarini ham alohida e’tirof etdi. Elchi Furqat Sidiqov boshchiligidagi diplomatik korpus Vashington bilan yaqin hamkorlik qilib, shaharning ta’lim va madaniy xilma-xilligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani qayd etilgan.

 

“2026-yil 1-sentabri Vashington va Kolumbiya okrugida «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb e’lon qilinadi”, deyiladi deklaratsiyada.

 

Avvalroq AQShning Sietl shahri meri ham 1-sentabrni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sifatida nishonlashga bag‘ishlangan hujjatni imzolagan edi.

custom img

AQSHda “Qiyomat kuni” maxsus harbiy guruhi tuzildi

Bo‘linma inqirozli vaziyatlarda yuqori martabali amaldorlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi.

custom img

Vashingtonda Tramp siyosatiga qarshi ommaviy namoyish o‘tkazildi

Namoyish ishtirokchilari ovoz berish huquqlarini himoya qilish va fuqarolik huquqlarini cheklovchi siyosatga chek qo‘yishga chaqirgan.

custom img

“Bunday odamlarga rahm-shafqat bo‘lmaydi” — Japarov

Qirg‘iziston prezidenti jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarishga urinayotgan shaxslarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rilishini aytdi.

custom img

“Qozog‘iston yadroviy qurolga qarshi siyosatini davom ettiradi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti yadroviy kuchlarni muzokaralarga chaqirib, yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi zarurligini taʼkidladi.

custom img

15 yoshli qiz ichagidagi igna bilan uch hafta yashadi

Qiz ro‘molini mahkamlash uchun ishlatiladigan ignani tasodifan yutib yuborgan.

custom img

Nepaldagi suv toshqinlarida bedarak yo‘qolganlar soni 1 900 nafarga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida kamida 580 kishi halok bo‘lgan.

custom img

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak ish joyida pichoqlab o‘ldirildi

U mijoz bilan yuzaga kelgan mojaro ortidan 56 yoshli erkak tomonidan pichoqlangan.

custom img

Nepal va Xitoy chegarasidagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 600 nafarga yaqinlashdi

Minglab odamlar bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv ishlari hududdagi xavf kamayganidan so‘ng qayta boshlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"