O'zbekiston

Hindiston Bosh vaziri “Oliy darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Mazkur mukofot ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirildi.

Hindiston Bosh vaziri “Oliy darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ta’kidlanganidek, Hindistonning so‘nggi yillardagi jadal taraqqiyoti hamda xalqaro maydonda tobora ortib borayotgan nufuzi bevosita mamlakat yetakchisining samarali faoliyati bilan bog‘liq. Muvaffaqiyatli dastur va strategiyalar tufayli zamonaviy Hindiston barcha sohalarda olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev nufuzli mukofotni topshirar ekan, bu qaror Hindiston Bosh vazirining ikki xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan beqiyos hissasi uchun O‘zbekiston xalqi va davlatining yuksak ehtiromi ifodasi ekanini aytib o‘tdi.

 

 

Ushbu tarixiy tashrif va o‘tkazilgan sermahsul muzokaralar natijasida do‘st mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga erishildi.

 

 

Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar yangi sifat bosqichiga olib chiqilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

 

Mazkur mukofot ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirildi.

 

 

“Umumiy intilish va harakatlarimiz bilan ko‘p qirrali va uzoq muddatli aloqalarimiz kelgusida ham jadal rivojlanib borishiga aminman”, – dedi Prezident.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.