O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Bishkekda bo‘ladi

Prezident SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Bishkekda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust – 1-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘ladi.

 

Sammit kun tartibidan SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishga oid dolzarb mavzular o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik masalalari ham muhokama qilinadi.

 

Yig‘ilish yakunida SHHTning 25-yilligiga bag‘ishlangan Bishkek deklaratsiyasi hamda xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ekologiya, sun’iy intellekt, madaniy-gumanitar almashinuv va hamkorlikning boshqa ko‘plab yo‘nalishlarida sheriklikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

 

Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

custom img

Tarixiy merosdan — jahon muloqoti sari: xalqaro mediaforum O‘zbekiston va dunyoga nima berdi?

Forumning markaziy maydoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ldi. Aynan shu yerda ishtirokchilar tarixiy meros zamonaviy xalqaro media muloqoti uchun qanday asos bo‘lishi mumkinligini amalda ko‘rdilar.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Marosim O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarida yangi bosqich boshlanganini ifodaladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston – Hindiston sherikligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi

custom img

Hindiston Bosh vaziri “Oliy darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Mazkur mukofot ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri tor va kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi

Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi.

custom img

Hindiston Bosh vaziri Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

“Oydin dehqon bozori”da yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Jarohatlanganlar yo‘q.

custom img

Halok bo‘lgan qutqaruvchining oilasi e’tiborsiz qolmadi: 3 xonali uy berildi

Yangi xonadonning kaliti xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan qutqaruvchining yaqinlariga topshirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"