O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, parlamentlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.

 

Maktublarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda aholi farovonligini oshirish borasida erishilayotgan natijalar yuqori baholangan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi faol roli, xalqaro masalalarni hal etishdagi konstruktiv ishtiroki alohida qayd etilgan.

 

Xorijiy hamkorlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotganini ta’kidlagan.

 

Tabrik maktublarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakatning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirilgan.

 

Maktub mualliflari O‘zbekiston bilan do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli sheriklik kelgusida ham izchil mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.

 

Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘lladi:

 

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
  • Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedov;
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
  • Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
  • Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
  • Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta;
  • Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
  • Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
  • Ozarbayjon Respublikasining Birinchi vitse-prezidenti Mehriban Aliyeva;
  • Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
  • Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
  • Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud;
  • Malayziya Podshohi Sulton Ibrohim;
  • Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
  • Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vazirining o‘rinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
  • Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
  • Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich;
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs-Musar;
  • Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini;
  • Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;
  • Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay;
  • Bolgariya Respublikasi Prezidenti Iliyana Yotova;
  • Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen;
  • Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Gi Parmelen;
  • Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III;
  • Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr;
  • Rim-katolik cherkovi rahbari, Rim Papasi Lev XIV;
  • San-Marino Respublikasi kapitan-regentlari Aliche Mina va Vladimiro Selva;
  • Yaponiya Imperatori Naruxito;
  • Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
  • Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti To Lam;
  • Singapur Respublikasi Prezidenti Tarman Shanmugaratnam;
  • Jazoyir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
  • Mavritaniya Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad ash-Shayx al-G‘azvoniy;
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
  • Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon;
  • Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
  • Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Anda Filip;
  • YUNESKO Bosh direktori Holid al-Ananiy;
  • BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze;
  • «Markaziy Osiyo – Xitoy» formati Bosh kotibi Sun Veydun;
  • Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev;
  • SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev;
  • Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktori Emi Poup;
  • Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati a’zosi Stiv Deyns;
  • Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Kerol Miller, Jo Vilson, Don Bekon, Ronni Linn Jekson, Ron Estes, Brayan Mast, Adam Smit va Ami Bera;
  • Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, O‘zbekiston madaniyati elchisi Gunay Afandiyeva.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

 

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.