O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. Tashrif doirasida ShHT sammiti, “ShHT plyus” uchrashuvi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkek shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.

 

 

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yig‘ilishida ishtirok etgani tashrifning asosiy voqeasi bo‘ldi. Unda ShHTning 25-yillik taraqqiyot yo‘li sarhisob qilinib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

 

 

Prezident sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport aloqalari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish, oziq-ovqat, suv va energetika xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Bishkek deklaratsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim hujjatlar to‘plami qabul qilindi.

 

 

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi BMTning adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibotini shakllantirishdagi roliga bag‘ishlangan “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda nutq so‘zladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy va muvofiqlashtiruvchi rolini saqlab qolish zarurligini ta’kidlab, “ShHT plyus”ni mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirishni taklif qildi.

 

Sammit doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Bishkekda davlat rahbari rafiqasi bilan birga VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

Tadbirlar yakunlangach, “Manas” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

 

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga qaytib keldi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.