O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari yangi o‘quv yili ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishiga umid bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35-yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan maktab o‘quvchilari, ustoz-murabbiylari va ota-onalariga tabrik yo‘lladi.

 

“Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin!” — dedi Prezident.

 

Prezident maktab ta’limidagi islohotlar natijasida Yangi O‘zbekiston maktablari yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini ta’kidladi. U o‘qish, kasbiy ta’lim, IT, ijod, sport va jamoat ishlarida yutuqlarga erishayotgan yoshlarni mamlakatning “nurli kelajagi, oltin fondi” deb atadi.

 

“Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratilishini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, maktabni tamomlayotgan yoshlar puxta bilim bilan birga kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi. Shu maqsadda hududlarda “Kasblar shaharchalari” tashkil etilib, ularga zamonaviy tajriba va ilg‘or mutaxassislar jalb etiladi.

 

Shuningdek, davlat rahbari yoshlarni yangi bilim, g‘oya va innovatsiyalar, kasb-hunarlar, ona tili, tarix va madaniyatni puxta egallashga, jahon tarixi va xorijiy tillarni o‘rganishga chaqirdi.

 

“Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir”, — dedi Prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlash, choraklarni muvaffaqiyatli yakunlash, sihat-salomatlik, omad va zafar tiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, bu yil mamlakat maktablari ostonasidan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qiz yangi o‘quv yilini boshlamoqda.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.