Jahon

Nepalda suv toshqinlari oqibatida yetkazilgan zarar 2,56 mlrd dollardan oshdi

Zarar miqdoriga uy-joylar, mulk va infratuzilma obyektlarining vayron bo‘lishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar kiritilgan.

Nepalda suv toshqinlari oqibatida yetkazilgan zarar 2,56 mlrd dollardan oshdi

 

Nepalda yuz bergan vayronkor suv toshqinlari mamlakat mulki, uy-joylari va infratuzilmasiga kamida 2,56 milliard dollar miqdorida zarar yetkazgani qayd etildi. Bu haqda Reuters Nepal Milliy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish boshqarmasi rahbari Dharma Raj Upretiga tayanib xabar berdi.

 

Uning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng vayronkor suv toshqinlaridan biri bo‘lgan. Zarar miqdoriga uy-joylar, mulk va infratuzilma obyektlarining vayron bo‘lishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar kiritilgan.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, dastlabki to‘rt oy davomida tiklash va qayta qurish ishlari uchun qariyb 52,6 million dollar mablag‘ talab etiladi. Ushbu mablag‘larni yo‘llarni tiklash, vaqtinchalik boshpanalar qurish, elektr ta’minotini qayta tiklash hamda aholiga ichimlik suvi yetkazib berishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

 

Eslatib o'tamiz, suv toshqini 26-avgust kuni Nepalning shimoliy qismida, Xitoy bilan chegaraga yaqin hududda yuz bergan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rasuvagadhi chegara punktidan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda yuzaga kelgan ko‘chki ortidan kuchli sel oqimi paydo bo‘lgan.

 

Tosh va loy aralashmasidan iborat oqim daryo o‘zani bo‘ylab 70 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, aholi punktlariga zarar yetkazgan va katta hududlarni suv ostida qoldirgan.

 

Tabiiy ofat oqibatida qurbonlar va bedarak yo‘qolganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda. Zarar ko‘rgan hududlarda qutqaruv va tiklash ishlari davom etmoqda.

 

Rasmiylarning ta’kidlashicha, zarar ko‘lami hali to‘liq baholanmagan. Shu sababli tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararning yakuniy miqdori o‘rganishlar yakunlangach ma’lum bo‘ladi.

custom img

FIFA va UEFА o‘rtasida Infantino rejasi sababli mojaro kuchaydi

FIFА AQSH sudiga kiritgan hujjatida UEFA‘ni Janni Infantino va tashkilot rahbariyatiga qarshi “tuhmat kampaniyasi” olib borishda aybladi.

custom img

J.D. Vens AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroni “urush” deb hisoblamasligini aytdi

AQSh vitse-prezidentining aytishicha, hozir AQSh va Eron o‘rtasida faol otishmalar olib borilmayapti.

custom img

Tarixda ilk bor 65 yoshdan oshganlar soni 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan oshib ketdi

Tug‘ilish darajasining pasayishi va umr ko‘rish davomiyligining oshishi dunyo demografik muvozanatini o‘zgartirmoqda.

custom img

Istanbulda ombor yondi: quyuq tutun shahar osmonini qopladi

Istanbulning Tuzla tumanidagi charm sanoati majmuasida joylashgan logistika omborida yong‘in chiqdi. Yong‘in qisqa vaqt ichida kuchayib, atrofdagi hududlarga ham tarqalgan.

custom img

Nyu-Yorkda 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga sun’iy intellektdan foydalanish taqiqlandi

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun yiliga ikki marta sun’iy intellekt savodxonligi darslari o‘tkaziladi.

custom img

Har beshinchi bola internetda jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaga uchragan — UNICEF

Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti 21 mamlakatdagi tadqiqot asosida bir yil davomida 12–17 yoshli qariyb 20 million bola internet orqali jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaning kamida bir turiga duch kelganini maʼlum qildi.

custom img

Janubiy Koreyada 4 nafar o‘zbekistonlik terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinmoqda

Ular Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga pul va transport vositalari yuborishda ayblanmoqda.

custom img

Si Szinpin Yaqin Sharqda yangi xavfsizlik tizimini yaratishga chaqirdi

Si Szinpin Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvda mintaqa davlatlari o‘z taqdirini o‘zi belgilashi kerakligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"