O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markazi 6-sentyabr kuni ochiladi. Markaz o‘z faoliyatini “Hikmah” xalqaro ko‘rgazmasi bilan boshlaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tashkil etilgan yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

 

Zamonaviy san’at markazi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining yetakchi loyihalaridan biri bo‘lib, mamlakatda zamonaviy san’atni rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Markaz O‘zbekistonda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasi hisoblanadi. Shuningdek, u Markaziy Osiyoda ko‘rgazma, ta’lim, tadqiqot va ma’rifiy faoliyatni birlashtirgan shu kabi ko‘lamdagi ilk madaniy majmua sifatida qayd etilmoqda.

 

 

Markaz 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida qurilgan tarixiy binoda joylashgan. Dastlab tramvay deposi bo‘lgan bino keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Uni restavratsiya qilish bo‘yicha me’moriy konsepsiya Fransiyaning “Studio KO” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Restavratsiya jarayonida binoning tarixiy qiyofasi va sanoat me’morchiligiga xos jihatlari saqlab qolingan.

 

 

Majmuada ko‘rgazma va ta’lim maydonlari, uchrashuvlar hamda ommaviy tadbirlar uchun hududlar, konsept-do‘kon va restoran tashkil etilgan. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan kutubxona va tadqiqot arxivi faoliyat yuritadi.

 

 

Markazda ko‘rgazmalar, leksiyalar, ochiq suhbatlar va muhokamalar, film namoyishlari, konsertlar, performanslar, ijodiy ustaxonalar hamda art-rezidensiya dasturlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu loyihalar mahalliy ijodkorlar, kuratorlar, tadqiqotchilar va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

 

Majmua faoliyatini “Hikmah” (“Hikmat”) nomli ilk xalqaro ko‘rgazma bilan boshlaydi. Ekspozitsiyada taniqli rassomlarning 11 ta asari, jumladan, markaz uchun maxsus yaratilgan ishlar namoyish etiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda ilk bor Nyu-Yorkdagi Solomon R. Guggenxaym muzeyi to‘plamidagi installyatsiya taqdim etiladi.

 

 

Markaz AQSHdagi Guggenxaym muzeyi va Osiyo san’ati milliy muzeyi, Buyuk Britaniyaning “Tate” va “Delfina Foundation” tashkilotlari, Fransiyaning Pompidu markazi hamda Koreya San’at kengashi kabi xorijiy madaniyat muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.

 

 

Prezident markazni yosh ijodkorlar, professional hamjamiyat va keng jamoatchilik uchun ochiq, jonli ijodiy makonga aylantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda o‘zbekistonlik ijodkorlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

Zamonaviy san’at markazining rasmiy ochilishi 6-sentyabrga rejalashtirilgan.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.