O'zbekiston

“Bir-birini qutqarmoqchi bo‘lishgan”

FVV Chorvoqda cho‘kib ketgan ota-bolalarni qidirish ishlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

“Bir-birini qutqarmoqchi bo‘lishgan”

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida 2-sentyabr kuni cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lini qidirish ishlari davom etmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 6-sentyabr kuni qidiruv ishlari hali yakunlanmaganini ma’lum qildi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyida qutqaruvchilar va g‘avvoslardan iborat katta guruh ishlamoqda. Qidiruv ishlari sutka davomida uzluksiz olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir oila Chorvoq suv omborida katerda sayr qilgan. Ular cho‘milish taqiqlangan hududda suratga tushish uchun to‘xtagan va keyinchalik cho‘milishga qaror qilgan.

 

Qutqaruv otryadi komandiri Rustam Bo‘riyevning aytishicha, cho‘milish vaqtida oila a’zolari qutqaruv jiletlaridan foydalanmagan. Suvda shamol va to‘lqin bo‘lgan paytda birinchi bo‘lib suvga tushgan o‘g‘ilning oyog‘i tortishib qolgan. Uni qutqarish uchun otasi, keyin esa ikkinchi o‘g‘li suvga tushgan. Natijada uchalasi ham cho‘kib ketgan.

 

Katerni boshqarayotgan haydovchi fuqarolarni jiletsiz cho‘milmaslik haqida ogohlantirgan. Biroq ular tavsiyaga amal qilmagan.

 

Hodisa vaqtida katerda erkakning turmush o‘rtog‘i va singlisi ham bo‘lgan. Ayollar yordam so‘ragan. Kater haydovchisi ham suvga tushib, ularni qutqarishga uringan, biroq uch kishini qutqarishning imkoni bo‘lmagan.

 

“Hozirgi vaqtda beshta qutqaruv otryadi jalb qilingan. Suvda yettita qutqaruv brigadasi qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda. Vazirimizning topshirig‘iga asosan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan qutqaruv otryadlari jalb qilingan. Ko‘rib turganimizdek, maxsus shtab tashkil qilingan. Barcha vazirlik rahbariyati, qo‘shimcha hamkor xizmatlar qidiruv ishlarini amalga oshirilyapti. Xudo xohlasa, tez fursatlarda shu cho‘kkan fuqarolarni topishga erishamiz”, deydi qutqaruvchi.

 

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Yo‘lovchilar xavfsizligi xavf ostida: avtobus haydovchisi jazolandi

Toshkentda haydovchi avtobusni eshiklari ochiq holda boshqardi.

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

“O‘zbekcha gapirishni so‘raganim uchun samolyotdan tushirishdi” — yo'lovchi murojaati

Aviakompaniya Samara–Toshkent reysida yuz bergan mojaro yuzasidan rasmiy izoh berdi.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.