Jahon

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi. U Germaniya hukumatining Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi portlovchi moddalar ortilgan dron hujumiga aloqadorlikda ayblaganidan keyin Berlinni keskin tanqid qildi.

 

“Umuman olganda, bu katta ma’noda haqiqiy urushning boshlanishi. Bonndagi bosh konsullikni haydab chiqarishdi... Berlindagi Rossiya uyini yopishmoqda. Ikkinchi jahon urushi, to‘g‘rirog‘i, Ulug‘ Vatan urushi boshlanishidan oldin nemislar ham o‘z diplomatik vakolatxonalarini yopganini eslayman... Ular yana urushni xohlamoqda”, — dedi Lavrov Rossiya davlat televideniyesiga bergan intervyusida.

 

Rossiya TIV rahbari Germaniya kansleri Fridrix Merzni ham tanqid qildi. Lavrovning ta’kidlashicha, kansler “Rossiyaga urush e’lon qilish uchun” harakat qilmoqda.

 

“Tarix saboqlari umuman o‘zlashtirilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, neonatsizm metastazlari o‘zini ko‘rsata boshlamoqda. Bu xavfli hodisa. Menimcha, Rossiya rahbariyati tegishli xulosalar chiqaradi”, — dedi u.

 

O‘z navbatida, Merz Moskvaning ayblovlarini rad etdi. Germaniya kansleri mamlakat maxsus xizmatlarining Rossiyaning hujumga aloqadorligi haqidagi xulosalari “juda aniq, shubhasiz va sudda qo‘llash uchun yaroqli” ekanini bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylari dalillarni tekshirish uchun ataylab qariyb to‘rt hafta vaqt sarflagan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.