O'zbekiston

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda 3-sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi, hududlardagi shtablar faoliyati hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati tanqidiy tahlil qilindi.

 

Xususan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali bandlikni oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

 

Jumladan, Qo‘shko‘pir tumanida 43 million yevroga qurilgan va 1,3 mingta ish o‘rniga mo‘ljallangan to‘qimachilik korxonasining yil boshidan buyon ishlamayotgani tanqid qilindi. Korxonani bank tomonidan krizis-menejer jalb etish orqali to‘liq quvvatda ishga tushirish mumkinligi qayd etildi.

 

Shuningdek, 124 ta korxonaning 6 trillion so‘mlik aktivlariga qo‘yilgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni bank boshqaruviga berish orqali 10 mingta ish o‘rnini tiklash mumkinligi aytildi.

 

Oqoltin tumanidagi “Oqoltin mega tekstil” korxonasi misolida banklar balansiga o‘tgan tayyor obyektlarni qismlarga bo‘lib sotish o‘rniga qayta ishga tushirish orqali yuzlab odamlarni ish bilan ta’minlash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Umuman, davlat banklari balansida 10 trillion so‘mlik qariyb 2,5 mingta mol-mulk mavjud. Ularni samarali ishga solish orqali 40 mingtagacha ish o‘rnini tiklash imkoniyati bor.

 

Mutasaddilarga bir hafta muddatda qarzdorlik sabab banklar balansiga o‘tgan korxonalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Yil yakuniga qadar ushbu obyektlarni yaxlit ishlab chiqarish sifatida sotish yoki menejer tayinlab, faoliyatini qayta tiklash choralari ko‘riladi.

 

Bundan tashqari, qishloq tumanlarida ehtiyojmand oilalar a’zolarini ishga qabul qilgan korxonalar uchun 1-oktyabrdan ushbu xodimlar bo‘yicha ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz etib belgilanadi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.