O'zbekiston

71,4 mlrd so‘mlik obodonlashtirish ishlari: Prezident “Qichqiriq” mahallasiga bordi

Qichqiriq kanali bo‘yida yangi saylgoh barpo etildi, mahallada respublikadagi ilk minorali avtoturargoh o‘rnatildi, eski bog‘cha yangilandi.

71,4 mlrd so‘mlik obodonlashtirish ishlari: Prezident “Qichqiriq” mahallasiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

 

30 yildan ortiq tarixga ega mahallada 23 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 1 416 ta xonadonda 5,4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

 

 

Mahallani obodonlashtirish ishlari 2024-yil 25-iyundagi Prezident qarori asosida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan. Loyihaga mahalliy budjetdan 71,4 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

 

 

Natijada hududda zamonaviy yashil shaharsozlik muhiti yaratilib, Qichqiriq kanali bo‘yida 2,4 kilometr uzunlikdagi sayilgoh barpo etilgan. Bu yerda 12,4 kilometr piyodalar yo‘lagi, 14 ta shiypon, favvoralar, charxpalak va boshqa dam olish maskanlari tashkil etilgan.

 

 

Mahallada 6,5 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt parvarish qilinmoqda. Shuningdek, 12 ta vorkaut maydonchasi, 3 ta futbol maydoni, kutubxonalar va amfiteatr tashkil etilgan.

 

Hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga ham e’tibor qaratilgan. Hozir 47 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda, yangi loyihalar hisobiga 61 ta ish o‘rni yaratilgan.

 

 

Mahallada aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ham loyihalar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Gulnora G‘oyipova kulolchilik to‘garagi va to‘quvchilik sexini tashkil etgan. Bu yerda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar “Usta-shogird” an’anasi asosida hunar o‘rganmoqda.

 

Shuningdek, hududda respublikada birinchilardan bo‘lib zamonaviy minorali avtoturargoh o‘rnatildi. Ushbu 8 qavatli inshoot lift prinsipida ishlaydi. Markazdagi lift avtomobilni qabul qilib, uni o‘ng va chap tomondagi bo‘sh joylarga joylashtiradi. Natijada atigi bir juft mashina sig‘adigan kichik yer maydonida 16 ta avtomobilni bemalol saqlash imkoni yaratildi.

 

 

Shuningdek, mahalladagi 441-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. 1976-yilda qurilgan bog‘cha hududida jami 450 o‘rinli ikkita yangi bino barpo etilib, muassasaning umumiy quvvati 835 o‘ringa yetkazilgan.

 

Bog‘chada bolalar uchun ingliz tili, mental arifmetika, tasviriy san’at, musiqa, badiiy gimnastika, shaxmat va taekvondo to‘garaklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, bolalarning davlat tilini o‘yin va raqamli texnologiyalar orqali o‘rganishiga mo‘ljallangan “O‘zbek tilini o‘ynab o‘rganamiz” interaktiv platformasi joriy etilgan.

 

Muassasada yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha to‘garak ham faoliyat yuritmoqda. Prezident bolalarni yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatiga maktabgacha yoshdan o‘rgatish va bunday tajribani boshqa bog‘chalarda ham ommalashtirish muhimligini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari tashrif davomida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

custom img

Toshkentdagi 400 ta mahallani obod qilish uchun 10 trln so‘mlik dastur ishlab chiqiladi

Poytaxtning Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish uchun 1-noyabrga qadar yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfeli ishlab chiqiladi.

custom img

Toshkentga kelasi yili 10 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi

Investorlarning muammolarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun yangi ish tizimi joriy etiladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan tanishdi

Universitetda ilk 400 talaba 100 foiz davlat granti asosida ta’lim olmoqda.

custom img

75 ming talaba xavfsizligi ta’minlanadi: Prezident “Yoshlik” shaharchasidagi markazni ko‘rdi

Vaziyatlar markazi shaharchadagi 41 ta talabalar yotoqxonasini qamrab olgan. Tizim orqali talabalarning davomatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari ham mavjud.

custom img

Prezident Olmazordagi “RomPharm NS” korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada import o‘rnini bosuvchi, asosan nevrologiya, kardiologiya va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llaniladigan dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Maydoni 3,9 gektar bo‘lgan muzey 3,5 ming nafargacha tashrif buyuruvchini qabul qila oladi.

custom img

Tundagi shovqin qimmatga tushadi: 8,8 mln so'mgacha jarima to'laysiz

Shovqin darajasi me’yoridan yuqori bo‘lgan avtomobilni boshqarganlik uchun ham javobgarlik kuchaytiriladi.

custom img

Erta nikohga yangi cheklov: endi qonun faqat ikki sababni tan oladi

Tegishli qonun loyihasi Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"