O'zbekiston

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya inspektori Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan edi.

Ekopolitsiya xodimi o‘limi: uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Sirdaryo daryosida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirov ishi yuzasidan uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov 9-sentabr kuni Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida halok bo‘lgan edi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor elektr qarmoqdan foydalanib, noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslarning qarshiligiga uchragan va buning oqibatida suvga tushib ketgan.

 

10-sentabr kuni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Mirzo Botirovning jasadi topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish), 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) hamda 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchilar ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.