Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi
Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi “tahdid”, “qarama-qarshilik” va “zarar keltiruvchi raqobat” haqidagi qarashlarni tanqid qildi. Pekin sun’iy intellektni xavfsiz va manfaatli rivojlantirish uchun xalqaro hamkorlikka chaqirdi.
Xitoy TIV vakili Guo Jiakun barcha tomonlar ochiq va inklyuziv sun’iy intellektni rivojlantirish ustida birgalikda ishlashi kerakligini ta’kidladi.
Mutaxassislar esa AQSh va Xitoy o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirishni sekinlashtirish yoki xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligini aytmoqda. Chunki sun’iy intellekt ikki davlat o‘rtasidagi strategik raqobatning muhim yo‘nalishiga aylangan.
AQShda esa ayrim mutaxassislar sun’iy intellekt rivojlanishining hozirgi sur’ati jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Donald Tramp esa AQSh texnologik ustunlikni qo‘lga kiritishi kerakligini bildirib, sun’iy intellekt poygasida g‘olib bo‘lgan davlat umumiy hisobda ham ustunlikka ega bo‘lishini aytgan.
AQSh va Xitoy yetakchilari Donald Tramp va Si Szinpinning kelgusi uchrashuvida sun’iy intellekt masalasi ham muhokama qilinishi kutilmoqda.








