O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

27-sentyabr — Butunjahon turizm kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrikda davlat rahbari sohadagi barchaga sihat-salomatlik, baxt-saodat, sharafli faoliyatida omad va zafarlar tiladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalarni ma’lum qildi.

 

Davlat rahbari 2025-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2016-yilga nisbatan qariyb 6 barobar oshib, 12 million nafarga yaqinlashganini bildirdi. Turizm xizmatlari eksporti esa 11 karra ko‘payib, 4,8 milliard dollarni tashkil etgan.

 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 2027-yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e’lon qilgan. BMT Turizm tashkiloti esa mamlakatni dunyodagi eng tez o‘sayotgan beshta sayyohlik yo‘nalishidan biri sifatida kiritgan.

 

Kelgusida Xivada xalqaro turistik shaharcha, kongress markazi va tarixiy-etnografik bog‘ barpo etiladi. Ichanqal’ani raqamli texnologiyalar asosida “aqlli” muzey-majmuaga aylantirish rejalashtirilgan.

 

Samarqandda Ipak yo‘li muzeyi tashkil etiladi. Qoraqalpog‘istonda arxeologik yodgorliklar bo‘ylab yangi turistik yo‘nalishlar ochiladi. Shuningdek, Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida “G‘ilon”, Namanganning Pop tumanida “Arashan” kabi yangi majmualar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Prezident turizmda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, yagona milliy turizm platformasini ishga tushirish va sayyohlik xizmatlarini yagona tizimga birlashtirish ham muhim vazifa ekanini qayd etdi.

 

2030-yilgacha xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkazish, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 7 foizga chiqarish, turizm xizmatlari eksportini 8 milliard dollardan oshirish hamda yuqori toifadagi mehmonxonalar sonini ikki barobar ko‘paytirish maqsad qilingan.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish taklifini bildirdi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"