O'zbekiston

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

 

O‘zbekistondagi maktablarda faoliyat yuritayotgan, ammo kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari hozircha ishlashni davom ettiradi.

 

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yuborilgan ko‘rsatma xatida ma’lum qilingan.

 

Unga ko‘ra, ayni vaqtda B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha talab qo‘llanmaydi.

 

Avvalroq jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasida tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif qilingan edi.

 

Vazirlikning yangi ko‘rsatmasida esa ushbu masala bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingach, qo‘shimcha ma’lumot berilishi qayd etilgan.

 

Xorijiy til o‘qituvchilari uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi avvalgi hukumat qarorlari bilan belgilangan. Amaldagi sertifikatlar ro‘yxati ham xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilish va pedagoglarga ustama belgilashda qo‘llanadi.

 

B2 sertifikati talabi bo‘yicha muddat avval ham bir necha bor uzaytirilgan. Shu sababli tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga ishlashni davom ettirish imkoniyati berilgan edi.

 

Shunday qilib, hozircha B2 sertifikati mavjud emasligi xorijiy til o‘qituvchisini ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘lmaydi. Mazkur masala bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan keyin belgilanadi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"