O'zbekiston

B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo'shatilishi mumkin

Tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo'shatilishi mumkin

 

O‘zbekistonda B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

 

Loyihaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandiga qo‘shimcha norma kiritilishi rejalashtirilgan. Unga asosan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan malaka talabiga mos sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, amaldagi qarorda xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 darajadagi sertifikat talabi mavjud bo‘lsa-da, mazkur talabni bajarmagan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki uni ishdan chetlashtirish bo‘yicha aniq huquqiy asos nazarda tutilmagan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu huquqiy bo‘shliqni bartaraf etish maqsadida tegishli o‘zgartirishlarni taklif qilmoqda. Avvalroq, 2026-yil 13-yanvarda vazirlik tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlarining malaka tavsiflariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruq ham qabul qilingan.

 

Mazkur hujjat loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

Bankomatlardan pul yechish bilan bog‘liq nizolarni xolisona ko‘rib chiqish bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlariga talablar eslatildi.

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.