O'zbekiston

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

 

Markaziy bank tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlarining axborot tizimlarida shubhali — frod — operatsiyalarni aniqlashga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilovchi nizom loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat 9-oktabrgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

 

Loyiha jismoniy shaxslarning roziligisiz amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan.

 

Yangi talablar mobil ilovalar, internet-banking, bank kartalari va elektron hamyonlardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan firibgarlik xatarlarini kamaytirishni nazarda tutadi. Bunda mijozni aldash yoki uning ishonchidan foydalanib operatsiya amalga oshirishga undaydigan ijtimoiy muhandislik sxemalarini aniqlashga ham alohida e’tibor qaratiladi.

 

Loyihaga ko‘ra, banklar va to‘lov tashkilotlarining antifrod tizimlari sutka davomida 24/7 rejimida ishlashi va shubhali operatsiyalarni real vaqt rejimida aniqlashi kerak bo‘ladi.

 

Operatsiyalar bir nechta xavf belgilarining kombinatsiyasi hamda skoring asosida baholanadi. Xavf darajasiga qarab to‘lovni amalga oshirish, uni vaqtincha to‘xtatib turib mijozdan qo‘shimcha tasdiq olish yoki operatsiyani rad etish choralaridan biri qo‘llanadi.

 

Shubhali operatsiya to‘xtatib turilgan yoki rad etilgan taqdirda, mijoz darhol mavjud aloqa kanallari orqali xabardor qilinadi. Bildirishnomada operatsiyaning umumiy tavsifi, qabul qilingan qaror hamda mijoz ko‘rishi mumkin bo‘lgan choralar haqida ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan.

 

Ijtimoiy muhandislik alomatlari aniqlangan holatlarda qo‘shimcha verifikatsiya o‘tkazish, antifrod modellarini muntazam baholash va ularni kamida har chorakda qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.

 

Shuningdek, banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqa moliya bozori ishtirokchilari o‘rtasida shubhali operatsiyalar hamda yangi firibgarlik sxemalari to‘g‘risida axborot almashish, yirik hodisalar haqida Markaziy bankni xabardor qilish va mijozlarning bunday operatsiyalar yuzasidan murojaatlarini sutka davomida qabul qilish talablari ham nazarda tutilgan.

 

Yangi talablar antifrod tizimlari uchun yagona yondashuvni shakllantirish, firibgarlik xavfini erta aniqlash va mijozlar mablag‘larini yanada samarali himoya qilishga qaratilgan.

 

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistondagi tijorat banklarida qiymati 461 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 18 mln dan ziyod firibgarlik operatsiyasining oldi olingan. Banklarda Session antifrod va antivirus tizimlari orqali yuqori xavfli operatsiyalar cheklanmoqda.

 

Mazkur nizom loyihasi Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Singapur va boshqa mamlakatlarning firibgarlikka qarshi kurashish amaliyotlari tahlili asosida ishlab chiqilgan. Yakuniy tartib jamoatchilik muhokamasi va loyiha bo‘yicha keyingi ko‘rib chiqishlardan so‘ng belgilanadi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"