O'zbekiston

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

 

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida tijorat banklarida qiymati 461 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 18 milliondan ziyod firibgarlik operatsiyasining oldi olindi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning PQ-381-son qaroriga muvofiq, tijorat banklarida mijozlar mablag‘lari va mobil qurilmalarini turli raqamli xavflardan himoya qilishga qaratilgan Session antifrod hamda antivirus tizimlari joriy etilgan.

 

Session antifrod tizimi bank operatsiyalarini xavf darajasiga ko‘ra tahlil qiladi. Yuqori xavfli deb baholangan operatsiyalar avtomatik tarzda cheklanib, shubhali tranzaksiyalar orqali mablag‘larning chiqib ketish xavfini kamaytiradi.

 

2026-yilning dastlabki olti oyida mazkur tizimlar orqali 18 milliondan ortiq firibgarlik operatsiyasining oldi olingan. Ushbu operatsiyalarning umumiy qiymati 461 milliard so‘mdan oshgan.

 

Firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich “Xalq banki”da qayd etilgan — 2,2 millionta. “Ipak yo‘li banki”da esa 1,4 milliondan ortiq shunday holatlarning oldi olingan. “Hamkorbank” va “Milliy bank”da ham yarim yil davomida 100 mingdan ortiq firibgarlik operatsiyasi cheklangan.

 

Shuningdek, tijorat banklarining mobil ilovalarida zararli dasturlarni aniqlovchi antivirus tizimlari ham ishlamoqda. Ular qurilmalardagi zararli .apk fayllar va dasturlarni aniqlash orqali mobil bank xizmatlaridan xavfsiz foydalanishga ko‘maklashadi.

 

Olti oy davomida antivirus tizimlari yordamida 1,29 millionta qurilmaga kirish cheklangan, qariyb 2 millionta qurilma esa zararli dasturlardan tozalangan.

 

Markaziy bankka ko‘ra, ushbu himoya mexanizmlari firibgarlik xavfini erta aniqlash, shubhali operatsiyalarni o‘z vaqtida cheklash hamda bank mijozlarining mablag‘lari va mobil qurilmalarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkentdagi sessiyada giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, mintaqaviy hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Mutaxassislar tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 8,9 milliard so‘mga baholandi.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

Bankomatlardan pul yechish bilan bog‘liq nizolarni xolisona ko‘rib chiqish bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlariga talablar eslatildi.

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.