O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentyabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

 

Suhbat avvalida FIFA Prezidenti O‘zbekistonning futboldagi yutuqlari hamda mamlakatda sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali islohotlar natijalarini e’tirof etdi.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjonda yirik nufuzli sport tadbiri – 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

 

FIFA bilan futbolni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turiga qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ilgari surish borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Sheriklikni, avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini transformatsiya qilish, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlash yo‘nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekistonda FIFAning yirik turnirlari va tadbirlarini tashkil etish hamda Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"