Jahon

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat Qurolli Kuchlarining uch nafar yuqori lavozimli harbiy xizmatchisini lavozimidan ozod qildi. Ular orasida Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Kanat Niyazbekov ham bor. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Shuningdek, Kanish Abubakirov mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari va Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, Almaz Jumakeyev esa mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan ozod etilgan.

 

Mazkur o‘zgarishlar 24-sentabr kuni Mang‘istov viloyatida Kaspiy dengizida o‘tkazilgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan fojiali hodisadan keyin amalga oshirilgan.

 Mashg‘ulotlar vaqtida ob-havo keskin yomonlashib, 17 nafar harbiy xizmatchi dengizga olib ketilgan. Ulardan uch nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bo‘lgan.

 

 

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda. Qozog‘iston rasmiylari tergov doirasida mashg‘ulotlarni tashkil etish, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, ob-havo va dengiz sharoitlarining hisobga olinishi hamda mas’ul mansabdorlarning harakatlarini o‘rganmoqda. Hodisa bilan bog‘liq besh nafar Mudofaa vazirligi xodimi ham ushlangan.

 

Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Mudofaa vazirligidagi vaziyatni kompleks o‘rganish uchun komissiya tuzgan edi.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"