O'zbekiston

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

2026-yil 10-oktyabr kuni soat 09:40 larda Buloqboshi tumani «Neftchilar» MFY, Konchilar ko‘chasida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Neftchilar — Kulla» yo‘nalishida harakatlangan, 1978-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi tuproq ortilgan HOWO yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

 

Yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Cobalt, Nexia, BYD Song Plus va Nexia-2 avtomobillari, shuningdek, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan Nexia-3, Damas va Matiz bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida ko‘cha bo‘yidagi do‘konlarga ham zarar yetgan.

 

YTH natijasida uch kishi voqea joyida halok bo‘lgan. HOWO haydovchisi va yana uch nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.