Jahon

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq kompaniyaning bir nechta raqamli xizmatlari foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan.

Bir hafta ichida uch marta hujum: Yandex ma’lumotlar markazi faoliyati to‘xtatildi

Rossiyaning Vladimir shahrida Yandex kompaniyasiga tegishli ma’lumotlar markazi dron hujumiga uchraganidan so‘ng faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, Yandex’ning bir nechta xizmatlari esa foydalanuvchilar uchun vaqtincha ishlamay qolgan. Kompaniya tizimlarni qayta tiklash imkoniyatlarini baholamoqda.

 

Yandex Telegram’dagi xabarnomasida ma’lumotlar markazi faoliyati to‘liq to‘xtatilganini bildirdi va foydalanuvchilarga avariyadan keyin tizimlarni tiklash rejalarini ishga tushirishni tavsiya qildi. Ayni paytda platforma favqulodda rejimda ishlamoqda. Kompaniya qolgan resurslar konfiguratsiyasi beqaror deb baholanayotganini ma’lum qildi. 

 

Shuningdek, zarar ko‘lamini aniqlash ishlari davomida texnik yordam xizmatiga murojaat qilishda ham uzilishlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

 

Bu so‘nggi bir hafta ichida Yandex’ning ma’lumotlar markazlariga qilingan uchinchi hujumdir. Juma kuni kompaniya Moskvaning janubi-g‘arbida joylashgan Kaluga viloyatidagi ma’lumotlar markazi Ukraina dronlari zarbasiga uchragani va uning faoliyati qisman to‘xtaganini bildirgan edi. 

 

Bundan bir kun oldin esa Ukraina hujumi Moskvaning janubi-sharqidagi Sasovo shahrida joylashgan Yandex ma’lumotlar markazi faoliyatini to‘xtatgan. Kompaniyaning sun’iy intellekt modelini ishlab chiqishda foydalaniladigan uchta superkompyuteridan ikkitasi shu markazda joylashgan.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy payshanba kuni Sasovodagi hujum ortidan Ukraina Rossiya hujumlariga javob qaytarayotganini aytgan.

 

“Biz har doim o‘zaro javob choralarini ko‘ramiz. Bilasiz, ular bizning ma’lumotlar markazlarimizga zarba berib kelmoqda va buni davom ettirmoqda. Biz ham javob qaytaryapmiz. Barcha tafsilotlarni oshkor qila olmayman”, — degan Zelenskiy.

 

So‘nggi bir oy ichida Rossiya Ukrainaning bir nechta ma’lumotlar markazi va telekommunikatsiya infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, Kiyev markazidagi nishonlarga zarba bergan. Bu hujumlar mamlakatdagi aloqa tizimlari va raqamli savdoni izdan chiqarishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus va evakuator to‘qnashdi: 11 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy va Tramp o‘rtasida ziddiyat: Ukraina prezidenti G‘arb yetakchilariga qo‘ng‘iroq qildi

Telefon suhbatlari Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda o‘tkazildi.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.