O'zbekiston

Andijonda YTH: Chery haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Haydovchi YPX xodimi bilan jabrlangan o‘quvchini shoshilinch tibbiy yordam muassasasiga olib borgan.

Andijonda YTH: Chery haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

13-oktyabr kuni Andijon shahrida avtomobil maktab o‘quvchisini urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan ketmagan va jabrlangan bolani shoshilinch tibbiy yordam muassasasiga olib borishda ishtirok etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Hodisa soat 12:30 larda Shabnam ko‘chasidagi 56-sonli maktab qarshisida sodir bo‘lgan. 1957-yilda tug‘ilgan T.U. boshqaruvidagi Chery Tiggo 8 Pro avtomobili tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan.

 

Haydovchi boshqa transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik uchun avtomobilni xavfsiz joyga to‘xtatgan. Yo‘l-patrul xizmati xodimi yetib kelganidan so‘ng, ular jabrlangan o‘quvchini shoshilinch tibbiy yordam muassasasiga olib borgan.

 

Keyinchalik avtomobil belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB xodimlari surishtiruv olib bormoqda.

MrBeast tashrifi dasturidagi hech bir band bekor qilinmagan — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

MrBeast tashrifi dasturidagi hech bir band bekor qilinmagan — Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Tasvirga olish guruhining qolgan a’zolari esa mamlakatning boshqa shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.

Robototexnika bo‘yicha jahon chempionlari: Prezident terma jamoa aʼzolarini mukofotladi

Robototexnika bo‘yicha jahon chempionlari: Prezident terma jamoa aʼzolarini mukofotladi

Qariyb 190 mamlakat vakillari qatnashgan musobaqa g‘oliblari taqdirlandi.

Farg‘ona yo‘lida “A” yo‘laklar nazoratga olindi: kameralar o‘rnatildi

Farg‘ona yo‘lida “A” yo‘laklar nazoratga olindi: kameralar o‘rnatildi

Toshkentda avtobus yo‘laklariga kiradigan avtomobillar nazorati kuchaytirilmoqda.

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba: O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi FIRST Global Challenge musobaqasida mutlaq chempionlikka erishdi.

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt elektroskuterni urib yubordi: ikki kishi halok bo‘ldi

YTH oqibatida bir kishi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan.

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Bolalar xavfsizligi xavf ostida: Damas‘da 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Mirzaobod tumanida bolalarni meʼyordan ortiq tashigan haydovchiga chora ko‘rildi.

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Paxta terimida 132 ta qonunbuzilish aniqlandi: 8,8 mlrd so‘mdan ortiq pul undirildi

Davlat mehnat inspeksiyasi paxta yig‘im-terimi mavsumida 145 ta monitoring o‘tkazib, majburiy mehnat, ish haqlarini kechiktirish va mehnat shartnomalarining mavjud emasligi bilan bog‘liq holatlarni qayd etdi.

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.