O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi.

 

Tashrifning birinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Yetakchilar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

 

15-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etdi. Davlat rahbari Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etdi, texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusini ilgari surdi hamda iqlim barqarorligi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

 

Sammit doirasida Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit, Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Manet va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi vitse-prezidenti Vo Txi An Suan bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Shuningdek, sammit doirasida boshqa delegatsiyalar rahbarlari bilan suhbatlashdi.

 

Tashrif yakunida Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik uchun jarima oshdi: ayrim holatlarda qamoq ham qo‘llanadi

Tilanchilik va odamlarni ushbu faoliyatga jalb qilish uchun jazolarni kuchaytirildi.

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

Farzand tarbiyasidagi mas’uliyatsizlik: ota-onalarni qanday jazo kutmoqda?

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash majburiyatini bajarmagan ota-onalar uchun jazo kuchaytirildi.