Fojiadan keyingi yordam: vafot etgan qizning ukasi psixologik yordam olmoqda
Qiz o‘z uyida osilgan holda topilgan edi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida vafot etgan 16 yoshli qizning oilasiga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda. Qizning jasadini topgan ukasiga psixologik ko‘mak berilmoqda.
Milliy ijtimoiy himoya agentligining Toshkent shahar boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, voqea 2026-yil 12-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. 2010-yilda tug‘ilgan qiz o‘z uyida vafot etgan. O‘rganishlar davomida uning o‘z joniga qasd qilgani tasdiqlangan.
Maʼlum qilinishicha, qizning jasadini 2013-yilda tug‘ilgan ukasi topgan.
Olmazor tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari marhumning oilasiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etgan. Shuningdek, ukaning ruhiy holatini yaxshilash maqsadida unga psixologik yordam berilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda. Holat ijtimoiy himoya tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazoratida.








