Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi
Bu AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekani qayd etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan uni Samarqandda qutladi.
“Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Tashrif doirasida “C5+1” formatidagi muzokaralar, biznes vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“O‘zbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio!” — deya qayd etdi Prezident Administratsiyasi rahbari.








