Jahon

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi.

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

18-oktyabrga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi. Hujum oqibatida neft terminalida yong‘in chiqdi, VK kompaniyasining ma’lumotlar markaziga zarba berildi.

 

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning ma’lum qilishicha, shaharning bir nechta tumanidagi fuqarolik infratuzilmasi obyektlarida va neft terminali hududida yong‘inlar yuzaga kelgan. Pulkovo aeroporti faoliyati xavfsizlik nuqtayi nazaridan cheklangan. Gubernator qurbonlar yo‘qligini bildirdi, shuningdek, mobil internetda uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko hudud uzra 126 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron parchalari Vsevolojsk shahridagi ko‘p qavatli uyga, Kirovsk yaqinidagi xususiy uyga va Nizino qishlog‘idagi to‘rtta avtomobilga tushgan. Elektr uzatish liniyalariga parchalar tushishi sababli ayrim joylarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.

 

VK kompaniyasi Leningrad viloyatidagi ma’lumotlar markaziga dron hujumini tasdiqladi. Kompaniya xizmatlari odatdagi rejimda ishlayotganini bildirgan. 

 

Biroq monitoring saytlari “VKontakte” faoliyatiga oid shikoyatlar ko‘payganini qayd etgan. Sankt-Peterburgning “Fontanka” nashri ham shaharning ayrim hududlarida elektr ta’minotida muammolar kuzatilgani haqida xabar bergan.

 

Bundan tashqari, Dnipro Osint, Astra va Varlamov News Telegram kanallari dronlardan biri G‘arbiy tezkor diametr avtomobil magistralidagi Kema qatnovi farvateri ustidan o‘tgan vantli ko‘prikka zarba berganini yozdi. Rasmiylar bu ma’lumotni tasdiqlamagan. “Fontanka” nashrining xabar berishicha, magistralning Yekaterinhofka va Shkiperskiy bo‘g‘ozlari oralig‘idagi qismi yopilgan.

 

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Ar-Riyod aeroportidagi vaziyat: Rossiya fuqarolariga Saudiya Arabistoniga bormaslik tavsiya qilindi

Hozircha Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmayapti.

Eron husiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eron husiylarga Ar-Riyod aeroportiga hujum qilishda yordam bergan — WSJ

Eronning ko‘magi harbiy tayyorgarlik, razvedka va raketalarni boshqarish bo‘yicha yordamni o‘z ichiga olgan.

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Dronlar tahdidi va yuzlab bekor qilingan reyslar: Rossiya aeroportlarida vaziyat qanday?

Oktabr oyining dastlabki ikki haftasida Moskvaning to‘rtta aeroportidagi cheklovlar jami 101 soat davom etdi.