O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktyabr kuni “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Marko Rubio O‘zbekiston rahbariga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Asosiy e’tibor O‘zbekiston – AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalariga qaratildi.

 

AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari muloqotni mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqlagan “C5+1” formatidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvining yakunlari yuqori baholandi.

 

Siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar, ta’lim va madaniyat kabi ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Ikki mamlakat parlamentlari va idoralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyatning aloqalari kengaymoqda.

 

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, avvalo, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarda mustahkamlanmoqda.

 

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqoti yo‘lga qo‘yilgani ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning birinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar, jumladan, koinotni tinch maqsadlarda o‘zlashtirish sohasidagi “Artemida” bitimlari imzolandi.

 

Iqtisodiy hamkorlik strategik sheriklikning asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 35 foizga oshdi. Iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, konchilik, energetika, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish va moliya sohalarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishda Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining o‘rni katta ekani ta’kidlandi. Kengashning bugungi yig‘ilishi doirasida 12 milliard dollarlik yangi kelishuvlarga erishildi.

 

Gumanitar sohadagi hamkorlik ham izchil kengayib bormoqda. Toshkentda Webster universiteti, Amerika texnologiyalar universiteti va Kolorado konchilik maktabining kompetensiyalar markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan amerikalik sayyohlar soni ham ortib bormoqda.

 

Tomonlar amaliy hamkorlikni rivojlantirishning yangi istiqbollarini ham belgilab oldilar. Strategik ahamiyatga ega muhim minerallar, energetika, transport, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud.

 

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish va ishbilarmon doiralar delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

 

Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak tadbirlar rejasi va ularni mazmunan boyitish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.

Registonga tashrif: Marko Rubio Samarqand bilan tanishmoqda

Registonga tashrif: Marko Rubio Samarqand bilan tanishmoqda

Unga turmush o‘rtog‘i Janett Rubio va Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.