O'zbekiston

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirishdagi xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda 19-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni e’lon qilindi.

 

Hujjatda Serjio Gorning O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlarini AQShda targ‘ib qilish, amerikalik investorlar va yetakchi kompaniyalarni mamlakatga jalb etish, shuningdek, energetika, sanoat va transport sohalaridagi o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surishga qo‘shgan hissasi e’tirof etilgan.

 

Shuningdek, uning Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi xizmatlari qayd etilgan.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.

Registonga tashrif: Marko Rubio Samarqand bilan tanishmoqda

Registonga tashrif: Marko Rubio Samarqand bilan tanishmoqda

Unga turmush o‘rtog‘i Janett Rubio va Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.