O'zbekiston

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda «Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l» Jahon sammiti doirasida «Sog‘ayishdan farovonlik sari» mavzusida Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress bo‘lib o‘tmoqda.

 

Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyaning sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, kongress xorijiy universitet klinikalari, yetakchi tibbiyot markazlari, xalqaro va milliy ilmiy hamjamiyat hamda fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirdi.

 

Kongressda so‘zga chiqqan Ziroat Mirziyoyeva dunyo hamjamiyati, hukumatlar, olimlar va insonparvar tashkilotlarni bolalar salomatligi yo‘lida aniq va kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish uchun birlashishga chaqirdi.

 

«Dard va kasallik siyosiy chegara, millat yoki daromad tanlamaydi. Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!» — dedi u.

 

Kongress doirasida «Mehrli Maktab» o‘quvchilarining chiqishi ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bolalar o‘z hayotiy hikoyalari orqali nafaqat shaxsiy kechinmalarini, balki dunyo bolalarining umid va orzularini ham ifoda etdi.

 

Ularning chiqishi kongress qatnashchilariga davolanish jarayoni va uning natijalariga kichik bemorlar nigohi bilan qarash, bolalarning matonati hamda minnatdorligini his etish imkonini berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Tibbiyot xodimlari diqqatiga: davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi

Yangi tartibga ko'ra, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Chilonzorning ayrim hududlarida suv o'chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” va CNPC hamkorligi: “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish masalasi ko'rib chiqildi

Dunyoning beshta eng yirik energetika giganti qatoriga kiruvchi Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga keldi.