Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yirik qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirdi
Prezident tashrif davomida Milliy pedagogika universiteti kampusi, Milliy kutubxona, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va zamonaviy futbol stadioni qurilishi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda
Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Misrda qo‘lga olingan "Jora Tashkentskiy" O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Jinoyat olamida "Jora Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Georgiy Sorokin tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Pokistonda musson yomg‘irlari qurbonlari soni 107 nafarga yetdi
Meteorologlar hafta o‘rtalaridan boshlab yana kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi
Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

