Jahon

Tailandda malika Phatchara Kittiyaphaning vafoti munosabati bilan 15 kunlik motam e’lon qilindi

Malika 2022-yil dekabr oyida sport mashg‘ulotlari vaqtida hushidan ketganidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.

Tailandda malika Phatchara Kittiyaphaning vafoti munosabati bilan 15 kunlik motam e’lon qilindi

 

Tailand hukumati qirol Maha Vajiralongkornning to‘ng‘ich qizi malika Phatchara Kittiyaphaning vafoti munosabati bilan mamlakat bo‘ylab 15 kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.

 

Mamlakat Vazirlar Mahkamasi ma’lumotiga ko‘ra, 12-iyundan boshlab barcha davlat idoralari, ta’lim muassasalari va boshqa rasmiy tashkilotlarda davlat bayroqlari yarim tushiriladi. Davlat xizmatchilari ham motam tartibiga rioya qiladi.

 

Qirollik saroyi malikaning 11-iyun kuni 47 yoshida vafot etganini ma’lum qilgan. U 2022-yil dekabr oyida sport mashg‘ulotlari vaqtida hushidan ketganidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.

 

Shifokorlar tomonidan olib borilgan uzoq muddatli davolash jarayonlariga qaramay, joriy yil may oyida malikaning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani, organizmga tarqalgan infeksiya hayotiy muhim a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berilgan.

 

Phatchara Kittiyapha Tailand qirollik oilasining faol vakillaridan biri bo‘lib, huquq, diplomatiya va ijtimoiy loyihalar yo‘nalishidagi faoliyati bilan tanilgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"