Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda
2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 22 029 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimida eng ko‘p korxona Toshkent shahrida qayd etilgan — 13736 ta. Toshkent viloyati 3079 ta korxona bilan ikkinchi, Samarqand viloyati esa 792 ta korxona bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 710 ta, Surxondaryo viloyatida 671 ta, Andijon viloyatida 544 ta, Buxoro viloyatida 461 ta, Sirdaryo viloyatida 367 ta, Navoiy viloyatida 342 ta, Namangan viloyatida 337 ta, Jizzax viloyatida 290 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 278 ta, Xorazm viloyatida 223 ta va Qashqadaryo viloyatida 199 ta shunday korxona faoliyat yuritmoqda.








