Jahon

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston Xitoy bilan bahsli chegara hududlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalarni kuchaytirmoqda. 

 

Harbiy xizmatchilar yaqin masofadagi janglar, baland tog‘li hududlarda harakatlanish, dronlar yordamida kuzatuv olib borish va mahalliy to‘qnashuvlarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Bu haqda Nikkei Asia xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda Galvan vodiysida Hindiston va Xitoy harbiylari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlardan so‘ng Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibida “Shaurya” nomli maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan. Hozirda ushbu guruhlarning jangovar tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chegara politsiyasi rahbariyati ularning faoliyatini ijobiy baholagan.

 

Yangi bo‘linmalar Hindistonning Xitoy bilan bahsli chegara hududlarini qo‘riqlash va ehtimoliy to‘qnashuvlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatlarini oshirishi kutilmoqda.

 

Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi Himolay tog‘lari orqali o‘tuvchi chegara hali to‘liq kelishib olinmagan. Ikki mamlakat hududlari 1962-yilgi urushdan keyin belgilangan Amaldagi nazorat chizig‘i (LAC) orqali ajratilgan. Shunga qaramay, tomonlar sharqdagi Arunachal-Pradesh va g‘arbdagi Aksaychin hududlari bo‘yicha hududiy da’volarini saqlab qolmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.