Jahon

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniya Davlat xavfsizligi sudi mamlakat janubidagi Karak viloyatida cherkovga hujum uyushtirib, to‘qqiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan uch nafar erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Sudlanuvchilar o‘lim bilan yakunlangan terrorchilik harakatlarini sodir etish, terrorchilik maqsadlarida qurol va o‘q-dorilar saqlash, shuningdek, terrorchilik guruhi mafkurasini targ‘ib qilishda aybdor deb topilgan. Hukm ustidan shikoyat qilish mumkin, bundan tashqari, u Kassatsiya sudi tomonidan majburiy tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Hujum 23-oktyabr kuni Hamud qishlog‘idagi yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgan. Qurollangan shaxslar yig‘ilganlarga qarata o‘t ochgan. Oqibatda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, yana 34 kishi jarohatlangan. Mazkur hodisa Iordaniyadagi xristian ozchiligiga qarshi kamdan kam uchraydigan hujumlardan biri bo‘ldi.

 

Iordaniya xavfsizlik kuchlari 26-oktyabr kuni Karakdagi tashlandiq uyda yuz bergan otishmadan so‘ng uch nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Otishma vaqtida ularning barchasi yaralangan, xavfsizlik xizmati xodimlari orasida esa jabrlanganlar bo‘lmagan.

 

Shu kuni Iordaniya Suriyaning janubida cherkovga qilingan hujumga aloqador deb hisoblangan guruhlarga qarshi havo zarbalari bergan. Suriya rasmiylari zarbalar oqibatida yetti kishi, jumladan, uch nafar bola va bir ayol halok bo‘lganini bildirgan.

 

Keyinchalik Iordaniya havo zarbalari oqibatida Suriyada tinch aholi vakillari halok bo‘lganini tan oldi. 9-noyabr kuni ikki davlat hodisa va uning oqibatlarini o‘rganish uchun qo‘shma xavfsizlik qo‘mitasini tuzishga kelishib olgani ma’lum bo‘ldi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.