1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

10 yoshli hindistonlik shaxmatchi rekord o'rnatdi

Bodhana Sivanandan — ayollar orasida grossmeyster ustidan g‘alaba qozongan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi.

10 yoshli hindistonlik shaxmatchi rekord o'rnatdi

10 yoshli Bodhana Sivanandan Buyuk Britaniya shaxmat chempionatida tarixiy natijaga erishdi. Shimoli-g‘arbiy Londondan bo‘lgan iqtidorli qiz final bosqichida 60 yoshli grossmeyster Pit Uellsni mag‘lub etib, bunday yutuqqa erishgan eng yosh ayol o‘yinchi sifatida qayd etildi.

 

Sivanandan 10 yoshida bu marrani zabt etdi. Shu tariqa u amerikalik Karissa Yipning rekordini yangiladi — Yip 2019-yilda 10 yil 11 oy 20 kunlikida grossmeysterni yenggan edi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lum qildi.

 

Ushbu natijadan so‘ng Bodhana xalqaro ayollar ustasi (WIM) unvoniga ega bo‘ldi. Bu ayollar uchun maxsus ajratilgan “ayollar grossmeysteri” darajasidan bir pog‘ona past hisoblanadi. Shaxmatda eng oliy daraja esa — grossmeyster bo‘lib, hozirgi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va dunyo reytingida 1-o‘rinda turgan Magnus Karlsen shunday unvonga ega.

 

Qizning otasi avvalroq BBC’ga bergan intervyusida oilalarida hech kim shaxmat bilan shug‘ullanmaganini aytgan. Bodhana esa 5 yoshida, pandemiya davrida, otasining do‘stidan hadya sifatida kelgan o‘yinchoqlar va kitoblar orasida shaxmat taxtasini ko‘rib, qiziqib qolganini so‘zlab berdi.

 

“Men shaxmat donalaridan o‘yinchoq sifatida foydalanmoqchi bo‘lgandim. Lekin otam menga ularni o‘yinga ishlatishni taklif qildi. Shunday qilib men shaxmatni o‘rganishni boshladim”, — deydi u.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика