Bu maʼlumotlar Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF) tomonidan yakuniy hisobotda keltirilgan.
Unga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 20, Amerikada 10, Afrikada 8, Yevropada 6, Yaqin Sharq va arab dunyosida bir nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Eronda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada yana ikki OAV xodimi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari vakillarining eng ko‘p o‘ldirilishi Afg‘onistonda (9 ta holat) va Meksikada (8 kishi halok bo‘lgan) sodir bo‘lgan.
Hindistonda yana 4 nafar, Pokistonda 3 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
XJF rasmiy maʼlumotiga ko‘ra, 33 nafar jurnalist maqsadli hujumlar nishoniga olingan. Federatsiya, shuningdek, 2021-yilda dunyo bo‘ylab 365 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi qamoqqa olinganini taxmin qildi.
Maʼlumot uchun “Press Emblem” kampaniyasi 2021-yilning dekabr oyidagi hisobotida 77 jurnalist o‘ldirilgani maʼlum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda 5 nafar jurnalist qotiliga 345 yil qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


