1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2025-yilda talabalar orasida 307 ta jinoyat sodir etilgan

Holat yuzasidan Senat Oliy ta’lim vaziriga parlament so‘rovi yuboradi.

2025-yilda talabalar orasida 307 ta jinoyat sodir etilgan

Senatning 10-yalpi majlisida talabalar o‘rtasida jinoyatchilik masalasi muhokama qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2025-yilning 6 oyi davomida 102 ta oliygohda 307 talaba tomonidan turli jinoyatlar sodir etilgan.

 

Asosiy jinoyatlar yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik va firibgarlik bilan bog‘liq. Eng ko‘p jinoyatlar Toshkent shahri hamda Toshkent, Buxoro, Namangan, Andijon, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. Talabalar orasida huquqbuzarliklarning aksariyati dars vaqtida, nazoratning sustligi sababli sodir etilgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, ayrim Oliy ta’lim muassasalari Vazirlar Mahkamasining talabalarga tyutor biriktirish tartibi bo‘yicha qaroriga rioya qilmagani, yotoqxonalarda tartib va nazorat yetarli emasligi qayd etildi. So‘nggi yillarda sohada islohotlarga qaramay, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar ham talabalarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani senatorlar tomonidan tanqid qilindi.

 

Muhokama yakunida talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Komiljon Sharipovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика