1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2026-yildan eng kam oylik ish haqi uch tomonlama komissiya tomonidan shakllantiriladi

O‘zbekistonda eng kam ish haqini belgilashning yangi tizimi joriy etiladi.

2026-yildan eng kam oylik ish haqi uch tomonlama komissiya tomonidan shakllantiriladi

O‘zbekistonda 2026-yildan e’tiboran eng kam ish haqini belgilash tartibi yangilanadi. Shu maqsadda kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Ish beruvchilar konfederatsiyasi vakillaridan iborat Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama Respublika komissiyasi tashkil etiladi.

 

Mazkur komissiya kelgusida eng kam oylik ish haqini belgilashga doir qonun loyihalarini tayyorlashda bevosita ishtirok etadi. Ushbu mexanizm mehnatkashlarning manfaatlarini kengroq himoya qilish hamda iqtisodiy islohotlar bilan uyg‘un ravishda farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlari va faxriylar bilan uchrashuvda yangi tizimni joriy etish zaruratini asoslab berdi. Davlat rahbari so‘nggi yillarda eng kam ish haqini oshirish masalalari ko‘pincha davlat idoralari tomonidan bir tomonlama hal etilganini qayd etib, endilikda bu jarayon ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirilishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Prezident aholining real daromadlarini oshirish, har bir fuqaroning uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash va transport kabi asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur iqtisodiy sharoit yaratish muhimligini alohida qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика