1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda IIB xodimidan tovlamachilik yo‘li bilan pul olishga uringanlar ushlandi

Zafarobod tumanida IIB xodimiga bosim o‘tkazib, 15 million so‘m talab qilgan ikki fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Jizzaxda IIB xodimidan tovlamachilik yo‘li bilan pul olishga uringanlar ushlandi

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Zafarobod tumanida ikki nafar fuqaro ichki ishlar xodimidan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgani aniqlanib, ular qo‘lga olingan.

 

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, viloyat IIB xodimi Telegram messenjeridagi mahalladoshlar guruhida o‘z qarindoshlarini uyga olib kelish maqsadida taksi kerakligini bildirgan. Guruhda bo‘lgan Pistalikent mahallasida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan shaxs va u bilan aloqador, probatsiya nazoratida jazo o‘tayotgan 1999-yilda tug‘ilgan mahalladoshi mazkur holatdan foydalanib, xodimdan moddiy foyda olishga uringan.

 

Ular ichki ishlar xodimini shikoyatlar orqali ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitib, mavjud audioyozuvni oshkor etmaslik evaziga 15 million so‘m talab qilgan. Keyinchalik tomonlar 12 million so‘mga “kelishgan”, biroq tovlamachilik harakati to‘xtamagan va ular yana qo‘shimcha pul so‘ragan.

 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIBga kiritilgan bildirgi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumondorlar talab qilgan pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Aniqlanishicha, ular 6 va 8-oktabr kunlari 102 xizmatiga murojaat qilib, ichki ishlar xodimini haqorat qilganini bildirgan, biroq rasmiy chaqiruvlarga javob bermagan.

 

Hozirda 18 va 26 yoshli fuqarolarga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan tegishli modda asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика