
Bugun, 25-noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yurtimizga tashrif bilan kelgan Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda tomonlar 2019-yil iyun oyida qabul qilingan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida ko‘zda tutilgan qo‘shma mintaqaviy dastur va tashabbuslarni amalga oshirish jarayoniga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Taʼkidlanishicha, uchrashuv davomida bo‘lajak tadbirlar jadvali yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Tojikistonga tashrif buyurishi, Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisini qabul qilgani, Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazgani hamda Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.


