O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov chegara masalalarini muhokama qilish uchun Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Vazirlar mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov kutib oldi.
Qayd etilishicha, Abdulla Aripov Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki davlat hukumat delegatsiyalarining qo‘shma majlisida ishtirok etadi.


