1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Abituriyentlarning qariyb yarmi minimal ballni ham to‘play olmagan

Eng past natija Andijonda, eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro va Toshkentda qayd etildi.

Abituriyentlarning qariyb yarmi minimal ballni ham to‘play olmagan

Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda test sinovlarida ishtirok etgan 614 ming 768 nafar abituriyentning 253 ming 844 nafari minimal darajadagi ball — 56,7 balldan kam natija ko‘rsatdi. Bu umumiy ishtirokchilarning 41,29 foizini tashkil etadi.

 

Hududlar kesimida eng salbiy ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etildi. Bu yerda abituriyentlarning 47,6 foizi minimal ballni to‘play olmadi. Eng yaxshi natijalar esa Buxoro viloyati va Toshkent shahrida qayd etilib, ularda bu ko‘rsatkich 31,4 foizni tashkil etdi.

 

So‘nggi uch yil ichida minimal ballni to‘play olmaganlar sonida ijobiy siljish kuzatilmoqda. 2023-yilda 8 ta, 2024-yilda 4 ta hududda abituriyentlarning yarmidan ko‘prog‘i minimal ballga yetmagan bo‘lsa, joriy yilda bunday hudud qayd etilmadi.

 

Eng katta o‘sish Qoraqalpog‘istonda kuzatilib, o‘tgan yilga nisbatan natijalar 9 foizga yaxshilangan. Shuningdek, Navoiyning 8,9 foiz, Sirdaryoning 8,1 foiz, Buxoroning 7,8 foiz va Qashqadaryoning 6 foiz o‘sish bilan oldinga chiqqani qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика