1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Chiqindilar me’yoridan oshmagan, ammo qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda"

Yangi Angren IES atrofida havoning ifloslanishi yuzasidan rasmiy izoh berildi.

"Chiqindilar me’yoridan oshmagan, ammo qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda"

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida chang-gaz tozalash uskunalarining samaradorligi yetarli emasligi aniqlangan. Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-sonli qaroriga asosan kompensatsiya hisob-kitob qilingan va korxona kamchiliklarni bartaraf etishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

 

Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, 2025-yilning birinchi yarmida stansiya tomonidan atmosferaga chiqarilgan chiqindilar Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan me’yorlardan oshmagan. Ushbu ko‘rsatkichlar viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan ham tasdiqlangan.

 

Yangi Angren IES Toshkent viloyati sharqiy hududlari hamda Farg‘ona vodiysi uchun muhim energiya manbai hisoblanadi. Stansiya yiliga qariyb 5 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, ikki millionga yaqin xonadonni elektr bilan ta’minlaydi. Shu sababli ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

 

Xususan, mavjud elektr filtrlarining mukammal va joriy ta’miri amalga oshirilib, ularning samaradorligi 84 foizdan 96 foizga ko‘tarilgan. 2028-yilgacha qozon qurilmalari ta’mirlanib, zamonaviy filtrlar o‘rnatilishi hamda “yo‘l xaritasi” doirasida atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan ishlanmalar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика