1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Interpol qidiruvida bo‘lgan o'zbekistonliklar BAAda qo‘lga olindi

Og‘ir jinoyatlarda ayblangan ikki shaxs Toshkentga qaytarildi.

Interpol qidiruvida bo‘lgan o'zbekistonliklar BAAda qo‘lga olindi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, og‘ir jinoyatlarda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro Birlashgan Arab Amirliklarida qo‘lga olinib, mamlakatga topshirildi. Jarayon Toshkent va Abu-Dabi Interpol milliy markaziy byurolari hamkorligida amalga oshirilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Ular endilikda tergov va sud jarayonida o‘z qilmishlari uchun javob berishi kerak bo‘ladi.

 

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, xalqaro hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan shunday hamkorlik natijasida, chet elda yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslar yurtga qaytarilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Turkiyada o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida firibgarlikda gumonlangan bir nechta shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика