Buyuk Britaniya hukumati Isroilning G‘azo sektorini to‘liq bosib olishga uringan taqdirda unga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mamlakatning bir nechta vazirliklariga Isroilning bunday harakatlariga javoban “asosli” cheklovlar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Xususan, Mudofaa vazirligi isroillik harbiylarning Buyuk Britaniya hududida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishini taqiqlash imkoniyatini o‘rganmoqda.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Binyamin Netanyaxu hukumatiga G‘azo ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish mumkin emasligini ko‘rsatib qo‘yuvchi turli ehtimoliy sanksiyalarni tahlil qilayotgani aytiladi.


