1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ota farzandi uchun 204 mln so‘m aliment to‘ladi

Endi u besh yildan so‘ng aliment pullarini to‘lashda davom etadi.

Andijonda ota farzandi uchun 204 mln so‘m aliment to‘ladi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida qarzdor ota farzandi taʼminoti uchun 204 mln so‘m miqdorida aliment to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor X.X.dan undiruvchi X.I.ning foydasiga bir nafar farzandining taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

 

Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan ijroni taʼminlash maqsadida qarzdor X.X.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan.

 

Qarzdor aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli 56 mln so‘m aliment qarzi yig‘ilib qolgan. Ijro harakatlari davomida olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida qarzdor X.X. aliment qarzlari bilan birga 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab berishini maʼlum qildi.

 

Xorijga chiqish istagida yurgan qarzdor ota farzandi taʼminoti uchun jami 204 mln so‘m aliment pulini undiruvchiga taqdim etdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика