1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Yong‘in shoxobcha xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in yuz berdi. Bu haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, holat 13 oktyabr kuni soat 13:51 da Oltiariq tumani “Beruniy” MFY Polosonobod ko‘chasida joylashgan MCHJ ga qarashli “zapravka”da yuz bergan. Shoxobchada metan gaz quyish jarayonida Damas rusumli avtomobilning tashqi kuzov qismi qisman yongan. Yong‘in qisqa fursat ichida MCHJ ishchi xizmatchilari va haydovchilar tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика