1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Surxondaryoda ayollar majburiy terimga chiqarilgani tasdiqlandi

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 8 nafar mansabdor jazolandi.

Surxondaryoda ayollar majburiy terimga chiqarilgani tasdiqlandi

Avvalroq ijimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘rinbosari Nigora Jumayevaning oila va xotin qizlar faollariga paxta terimiga terimchilarni jalb qilish topshirig‘i bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Hokimlik esa bu xabarni rad etib chiqqandi.

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirib, bu bo‘yicha 8 nafar mansabdor jazolanganini maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Buxoro shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Axborot-kutubxona markazi rahbari N.Aminova ham xuddi shunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, jarimaga tortilgan.

 

Paxta yig‘im-terimi mavsumida Davlat mehnat inspeksiyasi bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida muntazam monitoring olib bormoqda. 

 

Mavsum davomida hozirga qadar umumiy hisobda 74 ta mehnat qonunchiligi buzilishi holati aniqlangan. Mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga MJtKning 49-modda 1-qismi bilan maʼmuriy jarima qo‘llanilgan.

 

8 nafar mansabdor shaxs MJtKning 51-modda 1-qismi bilan jazolangan. 1400 nafardan ortiq terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida yordam ko‘rsatilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика